111Shanba, 18.05.2024, 06:43

Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | A'zo bo'lish | Вход
Sayt menyusi

Bizning so'rov
Оцените мой сайт
Hammasi bo'lib javoblar: 69

Главная » 2008 » Март » 17 » O'quv uslubiy ishlar
O'quv uslubiy ishlar
22:41

Kafedraning o’quv ishlari quyidagi fanlar asosida  olib boriladi:

·        O’zbek tili – rus tilida tahsil olayotgan talabalar uchun

·        Rus tili – o’zbek tilida tahsil olayotgan talabalar uchun

·        Pedagogika va psixologiya

·        OXU

·        Umumiy psixologiya – OXU 1-kurs talabalari uchun

·        Pedagogika – OXU 2-kurs talabalari uchun

·        Yangi pedagogik texnologiyalar – OXU 3- kurs talabalari uchun

·        Pedagogik mahorat – OXU 3- kurs talabalari uchun

·        Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi – hamma fakultetlar bitiruvchi talabalari uchun (fakultativ kurs)

Yuqorida ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’quv soatlarining umumiy soni – 5638 soatni tashkil etadi.

Bundan tashqari, kafedrada talabalarning rus ilmiy- uslubiy nutqini rivojlantirish uchun institut Ilmiy kengashida tasdiqlangan, rektor buyrug’i asosida 850  soatlik fakultativ kurs ajratilgan.

Ma’ruza o’qish va amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun tajribali o’qituvchilar jalb etilgan:

·        f.f.n., dotsent M.N.Hikmatova – pedagogika, madaniyatshunoslik, o’zbek tili

·        p.f.n. G.N.Qurbonova – pedpsixologiya, o’zbek tili

·        f.f.n. D.A.Abdullayeva – o’zbek tili, madaniyatshunoslik

·        Katta o’qituvchi V.F.Nurullayev – rus tili, pedpsixologiya

·        Katta o’qituvchi S.S.Djumayeva – rus tili, kulturologiya

·        Katta o’qituvchi R.B.Gafurova – pedagogik mahorat, yangi pedagogik                                                             

                                                          texnologiyalar

Ma’ruza matnlarining o’zlashtirilishini tekshirish, muammoli ma’ruzalarning olib borilishi va muammoning yechilishida har bir talabaning faol qatnashib, o’z fikrini bayon etishida yaqqol namoyon bo’ladi. Bu jarayonda talabaning fanni qay darajada o’zlashtirgani, nutqiy ravonligi, aniq va konkret mavzuni o’z nuqtai – nazaridan aytib berishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida aytib o’tilgan fanlar bo’yicha Davlat dasturlari, ishchi dasturlar, taqvimiy ishchi rejalar va talabalarning mustaqil darslar rejasi mavjud va bu asosida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.

Kafedra o’qituvchilari o’quv jarayonida an’anaviy o’qitish usullaridan tashqari keng miqyosda interaktiv usullardan ham foydalanishadi.

Bular: “Aylana stol”, “Konferensiya”, “Romashka”, “Lingvistik krossvord”, “Qor ko’chkisi”, “Miya shturmi”, “Klaster”, “Stolda ruchka”, “Сhig’iriq” usullaridir. Bu usullarni qo’llash o’quv jarayonini takomillashtiradi va talabalarda katta qiziqish uyg’otadi.

O’quv va o’quv – uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi sababli, kafedra o’qituvchilari tomonidan o’quv – uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqildi. Bular: “Человек и природа”, “Человек и Родина”, “Человек и культура, “Языкдуховное богатство народа, “Учебное пособие по русскому языку для студентов МВК”, “Диалоги врача с больными”, “Интерактивные методы на уроках русского языка”(o’qituvchilar uchun tavsiya), “Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosi” va b.

Darslarda kafedra oqituvchilari texnik va elektron vositalarni keng qollaydilar. Lingofon xonalari, magnitafon bilan bir qatorda kompyuterlar ham ishlatiladi.

Kafedra oqituvchilari tomonidanTemur va temuriylar davri madaniyati” – madaniyatshunoslik fanidan, “Бухара – жемчужина Востока” – rus tili fanidan, “Mustahkam oila – kelin-kuyovning jismonan va ruhan sog’lomligidadir” – pedagogika fanidan, “O’zbekistonning o’tmishi ham kelajagi ham buyukdir” – o’zbek tili fanlaridan multimedialar tayyorlandi va CD disklarga ko’chirildi.

Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy bilim nazorati kafedra asosan til bilan, nutq madaniyatini o’stirish bilan bog’liq bo’lgani sababli og’zaki va yozma usullarda olib boriladi. Savollar reja asosida berilib, bunda asosiy e’tibor talabaning og’zaki nutqiga, ya’ni rusiyzabon talabalarning davlat tili – o’zbek tilida va o’zbek guruhi talabalarining rus tilida aniq va ravon so’zlashi, madaniyatshunoslik fanidan – talabalarning notiqlik san’ati qonun – qoidalariga rioya qilishi, milliy qadriyatlar, urf – odatlar va an’analarni rivojlantirishda  jamiyatdagi o’rni borasidagi fikrlarini qay yo’sinda bayon qilishi e’tiborga olinadi; pedagogika va psixologiya fanidan esa- pedagogika – psixologiyadagi asosiy tushuncha, tamoyillar, ta’lim – tarbiya mazmuni, shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, temperament, guruhlar to’g’risidagi  ma’lumotlar yuzasidan  bilim, malakalar hosil qilinadi.

O’z bilimini mustahkamlash, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, darslarni yangi usullarda o’tish maqsadida kafedra o’qituvchilari uch yilda bir marta I Toshkent Davlat Tibbiyot Institutida quyidagi jadval bo’yicha malaka oshirib kelishmoqda:

Просмотров: 2233 | Добавил: rusuzped | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish formasi

Yangiliklar taqvimi
«  Март 2008  »
DuSEChoPaJUShaYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Qidiruv

Foydali saytlar

Statistika

Hammasi bo'lib aloqada 1
mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0


Copyright MyCorp © 2024
Сайт управляется системой uCoz