Kafedraning o’quv ishlari quyidagi fanlar asosida olib boriladi:
· O’zbek tili – rus tilida tahsil olayotgan talabalar uchun
· Rus tili – o’zbek tilida tahsil olayotgan talabalar uchun
· Pedagogika va psixologiya
· Madaniyatshunoslik
· Umumiy psixologiya – OTX 1-kurs talabalari uchun
* Pedagogika – OTX 2-kurs talabalari uchun
· Yangi pedagogik texnologiyalar – OTX 3- kurs talabalari uchun
talabalari uchun (fakultativ kurs) Yuqorida ko’rsatilgan fanlar bo’yicha
o’quv soatlarining
umumiy soni – 5638 soatni tashkil etadi.
Bundan tashqari, kafedrada talabalarning rus ilmiy- uslubiy nutqini
rivojlantirish uchun institut Ilmiy kengashida tasdiqlangan, rektor buyrug’i
asosida 850 soatlik fakultativ kurs ajratilgan.
Ma’ruza o’qish va amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun
tajribali o’qituvchilar jalb etilgan:
· f.f.n., dotsent M.N.Hikmatova – pedagogika,
madaniyatshunoslik, o’zbek tili
· p.f.n. G.N.Qurbonova – pedpsixologiya, o’zbek tili
· f.f.n. D.A.Abdullayeva – o’zbek tili, madaniyatshunoslik
· Katta o’qituvchi V.F.Nurullayev – rus tili, pedpsixologiya
· Katta o’qituvchi S.S.Djumayeva – rus tili, kulturologiya·
Ma’ruza matnlarining o’zlashtirilishini tekshirish, muammoli ma’ruzalarning
olib borilishi va muammoning yechilishida har bir talabaning faol qatnashib,
o’z fikrini bayon etishida yaqqol namoyon bo’ladi. Bu jarayonda talabaning
fanni qay darajada o’zlashtirgani, nutqiy ravonligi, aniq va konkret mavzuni
o’z nuqtai – nazaridan aytib berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytib o’tilgan fanlar bo’yicha Davlat dasturlari, ishchi dasturlar,
taqvimiy ishchi rejalar va talabalarning mustaqil darslar rejasi mavjud va bu
asosida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
Kafedra o’qituvchilari o’quv jarayonida an’anaviy o’qitish
usullaridan tashqari keng miqyosda interaktiv usullardan ham foydalanishadi.
Bular: “Aylana stol”, “Konferensiya”, “Romashka”,
“Lingvistik krossvord”, “Qor ko’chkisi”,“Miya shturmi”, “Klaster”,
“Stolda ruchka”, “Сhig’iriq” usullaridir. Bu usullarni qo’llash o’quv
jarayonini takomillashtiradi va talabalarda katta qiziqish uyg’otadi.
kafedra o’qituvchilari tomonidan o’quv – uslubiy qo’llanmalar ishlab
chiqildi. Bular: “Человекиприрода”, “ЧеловекиРодина”,
“Человекикультура”, “Язык – духовноебогатствонарода”,
“УчебноепособиепорусскомуязыкудлястудентовМВК”,
“Диалогиврачасбольными”,
“Интерактивныеметодынаурокахрусскогоязыка”
(o’qituvchilar uchun tavsiya), “Lotin tiliga
asoslangan o’zbek alifbosi” va boshqalar