KAFEDRANING UMUMIY ISH – FAOLIYATI
Kafedra O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni Saqlash vazirligi institut rahbariyatining qaror, buyruq, farmon va farmoyishlari asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” maqsad va vazifalarini amalga oshirishda o’z hissasini qo’shmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining hozirgi - to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bosqichida kafedra a’zolari o’quv – tarbiya jarayonining yangi o’quv – uslubiy qo’llanmalar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishiga e’tibor qaratmoqda.
Jumladan, mashg’ulotlarda interaktiv metodlardan foydalanish, mavzularga oid multimedialar tayyorlab, ularni keng joriy etish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda. Darslarda “Davra stoli”, “Bumerang”, “Dars – anjuman”, “Snejnaya koma”, “Krossvord”, “ Dars-Anjuman” kabi metodlar qo’llanilmoqda.
Kafedra o’qituvchilari tomonidan so’nggi yillarda qator o’quv – uslubiy qo’llanmalar tayyorlangan.
O'qituvchilar malaka oshirishlari muntazam ravishda olib borilib, barcha o’qituvchilarimiz rejaga muvofiq malaka oshirib qaytmoqdalar:
2006 yilda Nurullaev V.F
2005 yilda Abdullaeva D.A
lar malaka oshirib qaytdilar. Xorijiy mamlakatlarga ham malaka oshirish yo’lga qo’yilgan bo’lib, kafedra mudiri
Hikmatova M.N Buyuk Britaniyada malaka oshirib qaytdi.
Kafedra I ТоshTI “Rus tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi hamda Buxoro Davlat Universiteti “Rus tili va adabiyoti”, “Fakultetlararo rus va o’zbek tillari” kafedralari bilan shartnoma tuzib,hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.