Bilimni o’z kuching bilan egalla, sherigingning mehnat natijalarini o’zlashtirishing noinsoflik. Dars vazifalarini mustaqil bajarmaslik – tekinxo’rlikka qo’yilgan birinchi qadam.
O’qimay turib na bir san’at na bir donishmandlikka yetishish mumkin .
Kimki hech narsani qiziqib so’ramasa, hech nimani o’rganmaydi ham.
Istamay mutolaa qilayotgan talaba- qanotsiz qush.
Dars paytidagi bekorchilik, aqliy mehnat taqozo etilgan joyda ayni uning bo’lmasligi, - bo’sh vaqt yo’qligining bosh sababidir.
Faqat diqqat qilgan odam xotirasida saqlaydi.
Bilimni singdirib olmoq uchun uni ishtaha bilan simiribmoq darkor.
Pedagogikani inson haqidagi emas balki, bola haqidagi ilm deb hisoblash qo’pol xatolardan biridir .
Talabalar va o’qituvchilarning muvaffaqiyati uchun bilimning har bir sohasida darsni izohlashda iloji biricha kelgusi talabalar oladigan bilimlarning umumiy va juz’iy ahamiyatini ishonarli darajada asoslash bag’oyatda foydalidir.
So’z degan narsa o’qituvchilarga o’z fikrlarini bayoni uchun emas balkim boshqalar tafakkurini boyitish uchun berilgan.
Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni istas, dastavval o’zi har tomonlama insonni o’rganmog’i darkor.
Bizga quruq yodlash emas, lekin ta’lim olayotgan har bir talabaning zehnini biz asosiy faktlar haqidagi bilim bilan o’tkirlashtirmog’imiz darkor.
Agar odamdan ko’p narsa talab qilmasang, ko’p narsa ololmaysan ham.
Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun nimanio’qitsang o’shangga, kimni o’qitsang – o’shalarga mehr qo’ymog’ing darkor.
Muallim aytgan so’zni takrorlash bilan uning izdoshi bo’lib qolish qiyin.
Kamolot va bilimga hech biro dam o’z-o’zidan erisholmaydi. Kimki bilimdon bo’lishni istar ekan,unga o’z faoliyati, o’z kuchi va tirishqoqligi bilan erishmog’i darkor.
Oz bo’lsa ham bilmoq uchun ko’p o‘qimoq zarur.
O’qimishlilik achchiq ildizning shirin mevasidir.
Agar chindan ham farzandlarimiz bilimli odam bo’lishni istasalar,ular bilimni mustaqil mashqlar orqali egallamoqlari darkor.
Fan cho’qqilariga chiqishga urinishdan avval fan asoslarini egallang. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazmay turib, keyingisiga qo’l urmang. Olgan bilimingizdagi kemtiklarni hatto eng dadil taxmin va farazlar bilan ham ifodalashga urinmang.
O’z fikrini yaxshi ifodalay olmaslik – illat. Lekin mustaqil fikrga ega bo’lmaslik esa undan ham battarroq illatdir; mustaqil fikrlar, mustaqil orttirilgan bilimlardangina tug’iladi.
Haqiqiy ta’lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.
Qiyin fanlar yo’q faqatgina hazm bo’lishi qiyin izohlar bor xolos.
Agar talabalarda tashabbuskorlik rivojlanmas ekan har qanday bilim jonsizdi; talabalarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o’rgatmoq kerak.
Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi.
Yaxshi o’qituvchilar yaxshi shoirlarni yetkazadilar.
O’qituvchilar,limning mahalliy mash’allari bo’lgan holda, o’z ixtisoslari bo’yicha zamonaviy fanning yuksak cho’qqilarida turmoqlari zarur.
Har qanday ta’lim tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursanki ilm bepoyon.
Bilim insonga hamma yo’lida hamroh.
Inson bilimga talpinadi, intiladi. Qachonki unda bilimgfa tashnalik so’nsa, u insoniylikdan mahrum bo’ladi.
Bilim biz yashayotgan dunyoning mutloq qimmatli boyligi. O’qimoq zarur bilmoq zarur. Bilib bo’lmaydigan narsa yo’q. Biz bilib olinmagan narsalar to’g’risida gap yuritishimiz mumkin.
Bilimga eltuvchi yagona yo’l bu – faoliyatdir.
Bilim va qudrat ikkovi egizak.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Juda kamdan kam, buning ustiga yetuk odamlargina jo’ngina qilib, ro’y-rost; “bilmayman”, deya oladilar.
Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o’rganadi va shu yo’l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
Har narsaga qiziquvchanlik olimlar va shoirlarni yetishtiradi.
Kimki o’qishni istamasa, -- haqiqiy inson bo’la olmaydi.