“Ta’lim to’g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko’rsatilganidek, dasturning maqsad va vazifalari bosqichma – bosqich ro’yobga chiqariladi.
2005 va undan keyingi yillarni o’zida mujassamlagan uchinchi bosqichda barcha to’plangan tajribalar tahlil etiladi, umumlashtiriladi. Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o’quv – tarbiya jarayoni yangi o’quv uslubiy majmualar, ilgo’r pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanadi. Kafedrada ushbu vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilib, o’quv jarayoniga zamonaviy, ilg’or, talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiruvchi yangi, ilg’or pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.
Mashg’ulotlarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida turli interaktiv metodlardan foydalanilmoqda. Jumladan: “Bumerang”, “Dars anjuman”, “Dumaloq stol”, “Krossvord”, “Intsident”, “Snejinka” kabi usullar bilan darslar o’tkazilmoqda. Interaktiv usullar bo’yicha kafedra o’qituvchilaridan dotsent M.N.Hikmatova, S.S.Djumayeva, V.F.Nurullayev, R.B.Gafurovalar tomonidan “Interaktiv usullar asosida darslarni tashkil etish” uslubiy qo’llanmasi tayyorlandi.
Hozirgi zamon sharoitida o’qitish jarayonini unifikatsiyalash, o’qitishda yuqori unumga erishish pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llash hisobidan amal-ga oshiriladi. Shularni e’tiborga olib, kafedra o‘qituvchilari fanlar bo’yicha multimedia-lar tayorlamoqdalar. Kafedra o’qituvchilari bu jarayonda faol qatnashib, “Temur va temuriylar davri madaniyati”, “Buxoro”, “O’zbekiston – ona yurtim”, “Grammatik mavzu”larga oid multimedialar tayorlashdi va darslarda bulardan foydalanmoqdalar.