Главная | Ma'naviy-ma'rifiy ishlar | A'zo bo'lish | Вход
Sayt menyusi

Bizning so'rov
Оцените мой сайт
Hammasi bo'lib javoblar: 69

              

    Yosh avlod kamoloti, uning tabiatni, insoniy taraqqiyotni anglashi, jamiyatda ozini tuta bilishida, oz kasbi mohiyatini  anglashida kafedra yordamida otkaziladigan tarbiyaviymarifiy ishlarining mohiyati buyuk. Yurtboshimiz Islom Karimovning yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibori fikrimiz dalilidir. Shifokor yoshlar avvalo xushtavoze va xushxulqi ila bemorlarning qalbidan munosib joy olmog’i lozim. Yoshlarni tarbiyalashdek buyuk mas’uliyat o’qituvchilarimiz zimmasiga yuklatilgani rost. Bu vazifa, eng avvalo darslar jarayonida har bir mavzu zaminida shifokor talabalarga singdirishsa – da, saboqdan keyingi  mashg’ulotlarda, ma’rifiy suhbatlar jarayonida, ilmiy anjumanlar zamirida, shaxsiy muloqotlarda, axloqiy – xulqiy munosabatlarda, ham ularning  ma’naviy qiyofasiga  singdiriladi. Institut  talabalarining  kasbiga sodiqlik, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni qadrlash ruhida  tarbiyalashda o’zining  xolisona ulushini qo’shmoqda.

Asosiy ustuvor yo’nalish: - Milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning manfaatini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot kechirishdek maqsadlarini ifoda etish. Bu borada kafedrada quyidagi mavzular bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
  
 ·        “Milliy mafkura – milliy g’oya”.

·        Donishmand xalqimni mustahkam irodasiga ishonaman.

·        27 – yanvar  - O’zbekiston Respublikasi referendumi kuni.

·        Saylovlar takomillashuvi – xalqimizning siyosiy hayotida muhim bosqich.

·        Milliy istiqlol g’oyasi – millatlararo totuvlikni mustahkamlovchi ulkan kuch.
  
·        O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “O’zbekistonda demokratik o’zgarishlar yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari”.

1989 yil oktabr oyining  21 – kunida Davlat tili haqidagi Qonunning qabul etilishi o’z vaqtida o’zbek xalqi uchun katta ma’naviy muvaffaqiyat bo’lganligi barchaga ayon. 1995 yil 21 – dekabrda I chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisining IV sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov “Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga mukammal o’tilishini ta’minlash maqsadida”  “Davlat tili haqida”gi Qonunning o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan yangi tahriri to’g’risidagi Oliy Majlis Qarorini imzoladi.

Har yili 21 – oktabrda institutda “Til bayrami” quyidagi mavzularda o’tkaziladi:

·        “Til – millatning joni”

·        “Til – kelajak jarchisi”

·        “Tilim - dilim”

·        “O’zbek tili – Davlat tili”

·        “Tabobat va til”

·        “Tilning tirikligi, millat tirikligidir”

·        “Istiqlol va Ona tilimiz”

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 martdagi “Ijtimoiy ma’naviy muhitni  sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan quyidagi tadbirlar o’tkazildi:

·        “Ogohlikka da’vat"

·        “Xushyorlikka da’vat”

·        “Ogohlik – eng yaxshi himoya”

·        “Dinimiz dushmandlari”

·        “Ogohlik mahalladan boshlanadi”

·        “Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish har bir kishining muqaddas burchi”

            Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa  ko’plab  buyuk  ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori  bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Shuning uchun  bu ma’naviy meroslarni tiklash maqsadida kafedra a’zolari doimiy tadbirlar  o’tkazib kelmoqda.

· “Avesto” asarining 2700 yilligiga  “Tarixiy manba”, “Komillik kaliti” “Shunday tarbiyalash zarurki”, “Yuksak pag’onaga ko’tarilsin” – mavzularida suhbatlar o’tkazildi.

· “Buyuk mutaffakir olim Abu Ali Ibn Sino”
 
   ulug’ mutaffakir shoir Alisher Navoiy”

·  “Abduxoliq G’ijduvoniy hikmatlarida ta’lim – tarbiya”

· “Amir Temur va temuriylar” multimedia.

·  Tarixiy sanalar, bayramlar munosabati bilan, viloyat va shahar miqyosida o’tkaziladigan tantanali tadbirlarda kafedra o’qituvchilari faol ishtirok etmoqdalar:

1. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayram tadbirlarini o’tkazish.

2. 8-mart – Xotin-qizlar bayramini nishonlash.

3. Navro’z – umuxalq bayramini tashkil qilish.

4. Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan g’azalxonlik kechalari.

5. Vatanparvar shoir Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligini tantanali nishonlash.

6. “G’afur G’ulomni eslab” mavzusida adabiy – musiqiy kecha.

7. Shoira Zulfiya tavalludining 90 yilligiga bag’ishlab “Qalb kuychisi” nomli kitobxonlar konferensiyasini o’tkazish.

                     


Kirish formasi

Yangiliklar taqvimi
«  Ноябрь 2024  »
DuSEChoPaJUShaYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Qidiruv

Foydali saytlar

Statistika

Hammasi bo'lib aloqada 1
mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0


Copyright MyCorp © 2024
Сайт управляется системой uCoz